
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risida
Hurmatli kuzatuvchilar,
2024-yil mamlakatimiz tashqi siyosati sohasida ulkan yutuqlar bilan yodda qoldi. Davlatimiz Rahbari boshchiligida olib borilgan tashqi faoliyatdagi ko‘plab tashabbuslar, kelishuvlar, tashriflar va sermahsul tadbirlar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rnini yanada yuksaltirdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/tPk-XmYMB0A?si=A_Wx4UOi8hez_Jp_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
I. Yil davomida yurtimizga 140 dan ziyod mamlakatdan 5 minga yaqin xorijiy delegatsiyalar tashrif buyurdi. Bular Oliy va yuqori, rasmiy hamda xorijiy hamkor mamlakat hududlari vakillari darajasida amalga oshirildi.
Shulardan 385 tasi yuqori darajada, 1459 ta rasmiy. Xorijiy davlat va hududiy boshqaruv organlari vakillarining – 3289 ta.
O‘zbekiston delegatsiyalarining 130 ta mamlakatga umumiy hisobda 2200 ta yuqori va respublikamiz davlat tashkilotlari vakillari, viloyat hokimlari, ularning o‘rinbosarlari darajasida 3610 ta xizmat safarini tashkillashtirishga amaliy ko‘mak berildi.
Natijada, aloqalarimizni yanada faollashtirishga qaratilgan aniq kelishuvlarga erishildi, qator takliflar ishlab chiqildi va tegishli “yo‘l xaritalari” amalda tatbiq etilmoqda.
II. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyalar dunyoning 20 ta davlatiga tashrif buyurdi. 53 mamlakat tashqi ishlar vazirlari bilan 100 dan ziyod muzokaralar o‘tkazildi. Umumiy hisobda xorijiy hamkorlar bilan TIV rahbari darajasida 400 dan ziyod uchrashuvlar o‘tkazildi.
2024-yilda O‘zbekistonga 17 mamlakat tashqi ishlar vazirlari tashrif buyurdi.
Vazir o‘rinbosarlari va Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyalari chet elning 18 ta mamlakatga tashriflar amalga oshirdi, 300ga yaqin muzokaralar o‘tkazdi.
O‘tgan bir yil davomida 22 ta mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari bilan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davralari bo‘lib o‘tdi.
III. Hozirgi kunda Iqtisodiy diplomatiya faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Global miqyosda iqtisodiy hamkorlik aloqalarimizni yanada kuchaytirishga qaratilgan 6 mingdan ortiq turli darajadagi tadbirlar o‘tkazdik.
Elchixonalar tomonidan xorijiy mamlakatlarda 100 ga yaqin biznes-forumlar tashkil etildi. Bundan tashqari, respublika hududlarida 700 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ishtirokida 50 dan ziyod biznes-forumlar uyushtirildi.
Jizzax, Farg‘ona, Andijon, Navoiy, Toshkent, Xorazm viloyatlari hududlarida xorijiy davlatlar investitsiyalari ishtirokida umumiy 6 ta sanoat parklari tashkil etildi.
Xorijdagi elchixonalarimizning respublikaning 14 ta hududi, 208 ta shahar va tumanlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash amaliyoti joriy etildi.
Viloyatlar va tadbirkorlar delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga 100 ga yaqin tashriflari tashkil etildi.
Hududlarning investitsiyaviy, madaniy va sayyohlik imkoniyatlari bilan tanishish maqsadida Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus rahbarlarining viloyatlarga tashrifini tashkil etish amaliyoti joriy etildi.
Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz tashabbusi bilan V’etnam, Misr, Indoneziya, O‘mon, Quvayt, Yaponiya, Koreya, Isroil, Polsha va Buyuk Britaniya davlatlarida savdo uylari ochildi.
IV. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni yanada mustahkamlanishida hamkorlarimiz bilan tuziladigan xalqaro shartnoma va hujjatlar alohida ahamiyat kasb etadi. 2024-yilda mamlakatimiz 278 ta ikki va ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma va hujjatlar imzolangan va ularga qo‘shilingan.
Davlat ichki protseduralarini amalga oshirish talab etiladigan 25 ta xalqaro shartnoma yuzasidan ichki protseduralar amalga oshirilib, kuchga kirgan.
Bir yil davomida O‘zbekiston 12 ta mamlakat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi va ularing umumiy soni 156 taga yetdi.
V. Konstitutsiyamizning 22-moddasidan O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi belgilangan.
2024-yilda Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, vatandoshlar bilan muloqotni mustahkamlash bo‘yicha ham ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Konsullik-huquqiy faoliyat doirasida:
- 240.000 dan ziyod O‘zbekiston fuqarosiga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi;
- 7.964 nafar hamyurtimizni chet elda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashildi;
- xorijda moddiy jihatdan murakkab vaziyatda qolgan 5.500 nafarga yaqin fuqaromizga moddiy yordam ko‘rsatildi;
- 200 dan ziyod chetda qiyin vaziyatlarda, ya’ni odam savdosi qurboni bo‘lgan, yoki ishsiz, boquvchisiz qolganlar va boshqa murakkab ahvoldagi fuqarolarimiz Vatanga qaytarildi;
- 8.000 nafarga yaqin fuqaro vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqildi;
- pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 2.733 nafar fuqaromizga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarildi;
- 20 nafarga yaqin odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaroga yordam berildi.
Xorijdagi vatandoshlar ishtirokida 4.800 ta tadbir o‘tkazilib, ularda 500 mingga yaqin vatandoshlar ishtirok etdi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan umumiy hisobda 200.000 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Ulardan 18,280 tasi Vazirlik Konsullik-huquqiy departamentiga, 196,501 tasi chet eldagi vakolatxonalarimizga yuborilgan. Barchasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi va ularga o‘z vaqtida tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.
2024-yil mobaynida 346.724 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizalari rasmiylashtirilgan.
Aziz hamyurtlar, faoliyatimizni qadrli kuzatuvchilari,
Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin yurakdan barchangizni tabrkilaymiz.
2025-yilda ko‘rishguncha.